«olimpiya o‘yinlari 2024» tegli maqolalar


O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olinadi (sportchilar korteji yo‘nalishi)
12 avgust 2024, 13:32

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olinadi (sportchilar korteji yo‘nalishi)

12-avgust kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportining 3-terminalida tantanali kutib olinadi. Olimpiada chempionlari va sovrindorlari aeroportdan MOQ binosigacha avtobus kortejlarida harakatlanadi.

Bokschi Lazizbek Mullojonov Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi
10 avgust 2024, 02:05

Bokschi Lazizbek Mullojonov Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov finalda kelib chiqishi kubalik bo‘lgan ozarbayjonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Beshinchi “oltin” O‘zbekiston uchun barcha Olimpiadalar rekordi bo‘ldi. Jamoa medallar jadvalida 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Taekvondochi Ozoda Sobirjonova jangning so‘nggi soniyalarida Olimpiada bronza medalini qo‘ldan boy berdi
10 avgust 2024, 01:07

Taekvondochi Ozoda Sobirjonova jangning so‘nggi soniyalarida Olimpiada bronza medalini qo‘ldan boy berdi

O‘zbekistonlik 21 yoshli taekvondochi Ozoda Sobirjonova Olimpiada bronza medali uchun kechgan bahsda so‘nggi uch soniyagacha oldinda borganiga qaramay, yakunda belgiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Olimpiya chempioni (video)
10 avgust 2024, 00:57

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Olimpiya chempioni (video)

O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik raqibini mag‘lub etib, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev Olimpiadaning bronza medaliga ega chiqdi
9 avgust 2024, 23:23

Erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev Olimpiadaning bronza medaliga ega chiqdi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi
9 avgust 2024, 21:17

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.

“Qo‘llovingiz maksimal darajada sezildi”. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov — O‘zbekiston xalqiga
9 avgust 2024, 02:33

“Qo‘llovingiz maksimal darajada sezildi”. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov — O‘zbekiston xalqiga

Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov o‘zbekistonliklarga ko‘rsatayotgan qo‘llovi uchun minnatdorchilik bildirdi. “Mamlakatimizda tug‘ilganimdan nihoyatda xursandman va nihoyatda faxrlanaman. Butun xalqimizga aytmoqchimanki, qo‘llab-quvvatlovingiz maksimal darajada sezildi”, — dedi u.

Bokschi Hasanboy Do‘smatov — ikki karra Olimpiada chempioni (video)
9 avgust 2024, 02:15

Bokschi Hasanboy Do‘smatov — ikki karra Olimpiada chempioni (video)

O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpiadaning final jangida fransiyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiya o‘yinlarida ikkita oltin medalga ega chiqqan birinchi bokschi bo‘ldi.

Bokschi Abdumalik Xalokov Olimpiada finaliga chiqdi
9 avgust 2024, 01:15

Bokschi Abdumalik Xalokov Olimpiada finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalokov Parijdagi Olimpiada o‘yinlari finaliga chiqdi va “oltin” uchun jang qiladigan beshinchi bokschiga aylandi. Finalda unga o‘zbekistonlik boks murabbiyi yordam bergan qirg‘izistonlik sportchi raqib bo‘ladi.

Tarixiy natija. Ulug‘bek Rashitov — taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni
9 avgust 2024, 00:49

Tarixiy natija. Ulug‘bek Rashitov — taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni

Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixidagi ilk ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi.

Parij-2024. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi (video, foto)
8 avgust 2024, 21:11

Parij-2024. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi (video, foto)

O‘zbekiston tarixidagi eng yosh Olimpiya chempioni, taekvondochi Ulug‘bek Rashitov o‘z faoliyatida ikkinchi bor Olimpiada o‘yinlari finaliga chiqdi va O‘zbekistonga medalni kafolatladi.

Bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finaliga chiqdi
8 avgust 2024, 01:45

Bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov germaniyalik raqibini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, Parij Olimpiadasi finaliga yo‘l oldi. U Olimpiada o‘yinlarida “oltin” uchun jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘lmoqda.

O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadada Dominikan bilan durang o‘ynadi
30 iyul 2024, 21:18

O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadada Dominikan bilan durang o‘ynadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi so‘nggi uchrashuvida Dominikan Respublikasi bilan durang o‘ynadi (video, statistika).

Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklardan Uta Abe manziliga negativ izoh yozishni to‘xtatishni so‘radi
29 iyul 2024, 21:36

Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklardan Uta Abe manziliga negativ izoh yozishni to‘xtatishni so‘radi

Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova o‘zbekistonliklardan raqibi Uta Abe haqida haqoratomuz fikrlar yozishni to‘xtatish va barchaga hurmat ko‘rsatishni so‘radi. Avvalroq 5 yil mag‘lubiyatga uchramagan yaponiyalik sportchi Keldiyorovaga yutqazganida, nega yig‘lab yuborganini tushuntirgandi.

O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadadagi ilk uchrashuvda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (video)
24 iyul 2024, 20:41

O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadadagi ilk uchrashuvda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (video)

O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiadadagi tarixiy debyuti raqiblar reytingiga to‘liq mos tushdi. Ispaniyadan mag‘lubiyat 1:2 nisbatdagi kichik farqni aks ettirdi. Futbolchilar munosib o‘yin ko‘rsatdi, endi qolgan o‘yinlar turnirning chorak finaliga yetaklashi kerak.

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogida Indoneziyani mag‘lub etib, tarixda ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (+ video)
29 aprel 2024, 21:39

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogida Indoneziyani mag‘lub etib, tarixda ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (+ video)

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi yarim finalida Indoneziyani mag‘lub etib, tarixda ilk bor Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting